AYS Apps logotipi

Xizmatlar

Ilova g'oyasidan do'kondagi relizgacha — bitta jamoa

Dizayner, mobil dasturchi, backend dasturchi va do'kon menejeri alohida pudratchilarda bo'lsa, javobgarlik bo'linib ketadi. Biz butun zanjirni o'z ustimizga olamiz — natija uchun bitta manzil bo'ladi.

Android va iOS mobil ilovalar

Bitta kod bazasidan ikkala platforma uchun ilova quramiz — bu vaqt va byudjetni tejaydi, yangilanish esa ikkala do'konda bir vaqtda chiqadi.

  • Native darajadagi tezlik va animatsiyalar
  • Push-bildirishnomalar va deep link
  • Kamera, geolokatsiya, barcode skaner integratsiyasi
  • Offline rejim va lokal keshlash

SaaS va veb-platformalar

Obuna asosida ishlaydigan, ko'p foydalanuvchili tizimlar. MarketPOS aynan shu yo'nalishda qurilgan: tariflar, rollar, filiallar va hisobotlar.

  • Ko'p ijarachi (multi-tenant) arxitektura
  • Rollar va huquqlar tizimi
  • To'lov integratsiyasi (Click, Payme va boshqalar)
  • Admin panel va analitika

UI/UX dizayn va prototiplash

Kod yozilishidan avval ilovani ko'rasiz. Prototip ustida o'zgartirish kiritish tayyor koddagidan ancha arzon.

  • Foydalanuvchi yo'li va ekranlar xaritasi
  • Interaktiv prototip
  • Brendga mos dizayn tizimi
  • Ikonka va do'kon uchun grafika

Backend, API va integratsiyalar

Ilovaning ko'rinmaydigan yarmi — ma'lumot qayerda saqlanadi, qanday himoyalanadi va qanchalik tez qaytadi.

  • Ma'lumotlar bazasi loyihalash va optimallashtirish
  • Xavfsiz autentifikatsiya (SMS, OTP, rol asosida)
  • Real-vaqt sinxronizatsiya
  • Telegram bot, SMS va to'lov shlyuzlari

Google Play va App Store'ga chiqarish

Ko'p loyiha aynan shu bosqichda qotib qoladi. Biz do'kon talablarini bilamiz va moderatsiyani oxirigacha olib boramiz.

  • Developer akkauntni sozlash
  • ASO: nom, tavsif, kalit so'zlar, skrinshotlar
  • Maxfiylik siyosati va ma'lumot xavfsizligi formasi
  • Moderatsiya izohlariga javob va qayta yuborish

Qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish

Reliz — nuqta emas, vergul. Ilova foydalanuvchi fikrlari asosida oylar davomida yaxshilanib boradi.

  • Xatolarni monitoring qilish va tuzatish
  • Yangi Android/iOS versiyalariga moslash
  • Yangi modullarni bosqichma-bosqich qo'shish
  • Server monitoringi va zaxira nusxalar

Hamkorlik formati

Loyihaga qanday kirishamiz

Har bir loyiha bir xil emas — shuning uchun uchta ish formati mavjud.

MVP
G'oyani tez sinash uchun
Aniq hajm, aniq narx
  • Asosiy funksiyalar to'plami
  • Bitta platforma yoki ikkalasi
  • Oddiy admin panel
  • Do'konga birinchi reliz
  • Odatda 4–8 hafta
Muhokama qilish
Jamoa kengaytmasi
Mavjud loyihangiz uchun
Oylik hamkorlik
  • Mavjud kodni davom ettirish
  • Alohida yo'nalish (dizayn/backend)
  • Texnik audit va xulosa
  • Do'konga chiqarish bosqichi
  • Doimiy qo'llab-quvvatlash
Bog'lanish

Aniq narx talablar ro'yxati tayyor bo'lgach beriladi. Birinchi suhbat va dastlabki baholash bepul.

Jarayon

Beshta bosqich, har birida ko'riladigan natija

Tanishuv va talablar

Muammoni va foydalanuvchini aniqlaymiz. Natija — texnik topshiriq, ekranlar ro'yxati va taxminiy byudjet.

Dizayn

Prototip va vizual uslub. Ilovani kod yozilmasidan oldin qo'lingizda "aylantirib" ko'rasiz.

Ishlab chiqish

Mobil ilova, server va panel parallel yig'iladi. Har hafta sinov uchun yangi versiya beriladi.

Test va reliz

Real qurilmalarda test, tuzatishlar, so'ng Google Play va App Store'ga yuborish hamda moderatsiya.

Qo'llab-quvvatlash

Monitoring, xatolarni tuzatish, foydalanuvchi fikrlari asosida yangilanishlar va yangi modullar.

Savol-javob

Xizmatlar bo'yicha savollar

Mobil ilova ishlab chiqish qancha turadi?

Narx ekranlar soni, integratsiyalar va server murakkabligiga bog'liq. Talablar aniqlangach, bosqichlarga bo'lingan aniq smeta beriladi — ish boshlangunga qadar summa ma'lum bo'ladi.

Faqat dizayn yoki faqat backend buyurtma qilsam bo'ladimi?

Ha. Xizmatlar alohida ham buyurtma qilinadi: mavjud ilovangiz uchun dizayn, server yoki do'konga chiqarish bosqichini alohida bajarib beramiz.

Mavjud ilovamni yangilash yoki davom ettirish mumkinmi?

Ha. Avval kodni ko'rib chiqamiz va texnik holat bo'yicha xulosa beramiz, keyin yangilash yoki qayta yozish variantlarini taklif qilamiz.

Manba kodi kimga tegishli bo'ladi?

Loyiha yakunida manba kodi, ma'lumotlar bazasi va do'kon akkauntlari to'liq buyurtmachiga topshiriladi.

Ilova moderatsiyadan o'tmasa nima bo'ladi?

Moderatsiya izohlarini tahlil qilib, kerakli tuzatishlarni kiritamiz va qayta yuboramiz. Bu jarayon reliz paketiga kiradi.

Birinchi suhbat bepul

Loyihangiz uchun smeta olasizmi?

G'oyani qisqacha yozib yuboring — texnik yo'l, taxminiy muddat va byudjet bo'yicha javob beramiz.