AYS Apps logotipi

Biz haqimizda

Buyurtma bajaruvchi emas, mahsulot quruvchi jamoa

AYS Apps — O'zbekistonda mobil ilovalar va SaaS platformalar ishlab chiqaradigan studiya. Farqimiz shundaki, biz avval o'zimiz uchun mahsulot quramiz: MarketPOS, Avtolingo va Edu360 — bizning o'z loyihalarimiz. Ular real foydalanuvchilar bilan ishlaydi va shu tajriba mijoz loyihalariga ham o'tadi.

Nima qilamiz va nima uchun

O'zbekistonda kichik biznes va o'quv jarayonining katta qismi hali ham daftar, Excel va tarqoq dasturlar ustida ishlaydi. Odamlar dasturni yoqtirmagani uchun emas — mavjud yechimlar qimmat, murakkab yoki ularning tilida bo'lmagani uchun.

Biz shu bo'shliqni to'ldirishga harakat qilamiz: interfeys o'zbek tilida, narx mahalliy bozorga mos, ilova esa eski telefonda ham, internet uzilganda ham ishlaydi. MarketPOS do'kon egasi uchun, Avtolingo haydovchilik guvohnomasiga tayyorlanayotgan o'quvchi uchun, Edu360 esa imtihonga tayyorlanuvchi va uni o'qitayotgan ustoz uchun shu tamoyil asosida qurilgan.

Tamoyillarimiz

Ishlash uslubimiz

Bular shior emas — har bir loyihada amalda qo'llaydigan qoidalarimiz.

Sodda yechim ustunlik qiladi

Foydalanuvchi o'rganishga vaqt sarflamasligi kerak. Agar ekranni tushuntirish kerak bo'lsa, demak ekran noto'g'ri qurilgan.

Shaffoflik

Muddat va byudjet oldindan aytiladi. Kechikish bo'lsa, sababi bilan birga darhol xabar qilamiz — oxirida emas.

Mijoz mustaqilligi

Kod, ma'lumotlar bazasi va do'kon akkauntlari mijozniki. Bizga bog'lanib qolish shart emas — bu bizni yaxshi ishlashga majbur qiladi.

Mahalliy bozorga mos narx

Mahsulot qimmat bo'lsa, undan foydalanilmaydi. Shuning uchun narx O'zbekiston bozoriga qarab belgilanadi.

Real sharoitga mo'ljallash

Sekin internet, eski telefon, kichik ekran — ilova aynan shu sharoitda sinaladi, ideal laboratoriyada emas.

Ma'lumot xavfsizligi

Shifrlash, muntazam zaxira nusxalar va rollar bo'yicha kirish — biznes ma'lumoti yo'qolishi mumkin bo'lmagan narsa.

Yo'limiz

Mahsulotlarimiz qanday paydo bo'ldi

MarketPOS — do'kon egasining daftaridan

Savdo nuqtalarida bir muammo takrorlanardi: sotuv daftarda, qoldiq noaniq, nasiya esa esdan chiqadi. Shu muammodan SaaS POS tizimi tug'ildi — ko'p ombor, ko'p do'kon va offline rejim bilan.

Avtolingo — zerikarli yodlashdan

YHQ kitobini oxirigacha o'qiydiganlar kam. Savollarni mavzularga ajratib, jonlar, olmoslar va streak bilan o'yin ko'rinishiga keltirdik — natijada odam har kuni qaytib keladigan bo'ldi.

Edu360 — ustozning vaqtidan

Test tuzish oson, uni tarqatish va tekshirish esa soatlab vaqt olardi. Shu muammodan ikki rolli platforma chiqdi: ustoz testni bir necha daqiqada yaratadi, o'quvchi yechadi va natijani darhol ko'radi.

Keyingi qadam — mijoz loyihalari

Uch mahsulotni noldan qurish jarayonida to'plangan tajriba — arxitektura, dizayn tizimi, do'kon moderatsiyasi — endi buyurtma loyihalarida ishlatiladi.

Qisqacha ma'lumot

AYS Apps haqida faktlar

Biz katta ofis va menejerlar zanjiri bilan emas, to'g'ridan-to'g'ri aloqa bilan ishlaymiz. Savolingiz bo'lsa, javobni dasturchidan olasiz — vositachisiz.

AYS Apps haqida qisqacha ma'lumot
NomiAYS Apps
Yo'nalishMobil ilovalar va SaaS platformalar ishlab chiqish
JoylashuvNamangan
PlatformalarGoogle Play (Android) va App Store (iOS)
MahsulotlarMarketPOS, Avtolingo, Edu360
Ish tillariO'zbek, rus, ingliz
Telefon+998 93 513 63 30
Telegramt.me/onlaynmiz
Elektron pochtawebcoder292@gmail.com
Saytaysapps.uz

Hamkorlikka ochiqmiz

Keyingi loyiha sizniki bo'lsinmi?

G'oyangizni yozing — texnik tomondan baholab, qanday qilib qurish mumkinligini aytamiz.