AYS Apps logotipi

Portfolio

Biz yaratgan mahsulotlar

Uchala loyiha ham real muammodan boshlangan: do'kon egasining daftaridagi hisobidan, YHQ testlarini yodlashning zerikarliligidan va o'qituvchining test tuzishga ketadigan vaqtidan. Har birini dizayndan serverigacha o'zimiz qurdik.

MarketPOS

marketpos.uz

Do'konlar va savdo nuqtalari uchun SaaS POS tizimi. Sotuv, ombor, xodim va mijoz qarzlari — hammasi bitta panelda. PWA texnologiyasida qurilgani uchun telefon, planshet va kompyuterga o'rnatiladi hamda internet uzilganda ham ishlaydi.

  • Ko'p omborli inventar va omborlar orasida ko'chirish
  • Real-vaqt sotuv, foyda va xarajat hisobotlari
  • Bitta akkauntdan ko'p do'konni boshqarish
  • Nasiya savdo va mijoz qarzlari nazorati
  • Har bir sotuv haqida Telegram bildirishnoma
SaaS PWA Offline rejim Biznes
MarketPOS boshqaruv paneli: bugungi sotuv, buyurtmalar, mahsulotlar soni va haftalik savdo grafigi

Avtolingo

avtolingo.uz

Haydovchilik guvohnomasiga tayyorgarlik ilovasi. YHQ (PDD) savollari mavzularga ajratilgan va o'yin mexanikasi bilan berilgan: jonlar, olmoslar, kunlik streak va reyting. Kuniga 10 daqiqa — qoidalar yodda qoladi.

  • Mavzular bo'yicha tartiblangan haqiqiy YHQ savollari
  • Har bir javobdan keyin tushuntirish izohi
  • Jonlar tizimi: 5 ta jon, har 60 daqiqada tiklanadi
  • Olmoslar va daraja: Yangi haydovchidan Chempiongacha
  • Haftalik, oylik va umumiy reyting jadvali
Ta'lim Geymifikatsiya A · B · C · D · E Bepul
Avtolingo ilovasi ekrani: profil, olmoslar va oylik statistika kalendari

Edu360

edu360.uz

Onlayn test va ta'lim platformasi. Bir tomonda o'quvchi — barcha fanlar bo'yicha test yechadi va natijani darhol ko'radi; ikkinchi tomonda ustoz — o'z testini yaratib, kim qanday yechganini kuzatadi. O'quvchilar uchun to'liq bepul.

  • Barcha fanlar: matematika, biologiya, tarix, ingliz tili va boshqalar
  • Reels — testlarni vertikal lentada varaqlab topish
  • Ustozlar uchun test yaratish va muallif profili
  • XP, faol mualliflar reytingi va saqlangan testlar
  • IELTS bo'limi: Listening, Reading, Writing, Speaking
Ta'lim Veb platforma Telegram kirish Bepul
Edu360 testlar lentasi: mashhur va yangi testlar ro'yxati

Bir qarashda

Uchala loyiha taqqoslamada

Har bir mahsulot boshqa auditoriya va boshqa muammo uchun qurilgan.

AYS Apps loyihalarining taqqoslama jadvali
Loyiha Kim uchun Platforma Narxi
MarketPOS Do'kon egalari va savdo tarmoqlari Android, iOS, desktop (PWA) 69 000 so'm/oydan, 14 kun bepul
Avtolingo Haydovchilik guvohnomasiga tayyorlanuvchilar Android, iOS Bepul
Edu360 O'quvchilar, abituriyentlar va ustozlar Veb (mobil va desktop) O'quvchilar uchun bepul

Keyingi loyiha

Sizning mahsulotingiz shu ro'yxatga qo'shilsinmi?

Uchala loyihani ham noldan o'zimiz qurdik — g'oyadan do'kondagi relizgacha. Sizniki uchun ham xuddi shunday yo'lni bosib o'tamiz.